G‘arb davlatlari Gruziyani tinchlik tarafini olgani va urushdan bosh tortgani uchun jazolamoqda.
Bu haqda Gruziya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Maka Bochorishvili "Imedi" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Gruziya hukumat qilgan tanlov uchun jazolanmoqda. Gruziya hukumati urush emas, tinchlik foydasiga tanlov qildi. Rasmiylar urushni, mamlakatimizdagi beqarorlikni rad etdi. Va shuning uchun Gruziya davlati ma’lum kuchlar tomonidan shunday bosimga uchramoqda", - deydi Bochorishvili.
Tashqi ishlar vazirligi rahbari ta’kidlaganidek, bunday tazyiqlar davom etmoqda va bu kabi harakatlarni amalga oshiruvchi kuchlar ketmagan. Bochorishviliga ko‘ra, Gruziyadagi beqarorlikni saqlab qolishdan hali ham ba’zilar manfaatdor.