Nashrning yozishicha, Tbilisi, Kutaisi va Batumida norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Poytaxtda namoyishchilar Rustaveli xiyobonini to‘sib qo‘yishdi. Shuningdek, odamlar hukmron “Gruziya orzusi” partiyasining Kutaisi va Tbilisidagi ofislari yaqinidagi yo‘llarda harakatni to‘xtatib qo‘ydi.
Tbili Life Telegram-kanali Kutaisida polisiya bilan shiddatli to‘qnashuvlar yuz bergani haqida xabar berdi.
"Bugun konstitusiyaviy to‘ntarish tugadi. Yevropadan Rossiya tomon harakat qilishmoqda. Hukumat o‘z xalqiga urush e’lon qilgan. Bugun bu chaqiriqqa qarshi birga turamiz yoki yo‘q bo‘lib ketamiz", — deya munosabat bildirdi Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili.