"Men prokuraturaga o‘z vazifalari bilan shug‘ullanishni va prezident bilan siyosiy hisob-kitob qilishdan qochishni maslahat bergan bo‘lardim", — deya munosabat bildirdi Zurabishvili.
Kecha, 30 oktyabr kuni ertalab Gruziya prokuraturasi Zurabishvilini 26 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida soxtalashtirishlar haqidagi da’volari yuzasidan so‘roqqa chaqirganini ma’lum qilgan edi. Prokuratura Markaziy saylov komissiyasining so‘rovidan so‘ng tergov jarayonini boshladi.