Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Gruziya parlamentida deputatlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Gruziya parlamentida deputatlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Tbilisida Gruziya parlamenti majlisida hukmron "Gruziya orzusi" va muxolifatdagi "Gruziya uchun" partiyasi deputatlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Voqea Bosh vazir Kobaxidze Aripov hisobot taqdim etayotgan paytda og‘zaki aytishuv va keskin bahsdan keyin boshlangani qayd etildi.

Dastlab ikki deputat o‘rtasida yuzaga kelgan janjalga keyinchalik boshqa parlament a’zolari, jumladan, og‘ir atletika bo‘yicha 3 karra Olimpiya chempioni Lasha Talaxadze ham qo‘shilgan. Hukmron partiya vakillari muxolifatni haqorat va provokasiyada, muxolifat esa hokimiyatni zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda.

Parlament hozirda yozgi tanaffusga chiqqan va sentyabrda qayta ish boshlashi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:12 27.06.2026. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!