Eron yadro dasturiga uzoq muddatli yechim faqat diplomatik yo‘llar bilan mumkin.
Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafael Grossi ma’lum qildi.
U Eron atrofidagi mojaroning barcha tomonlarini keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun maksimal darajada vazminlikka chaqirdi.
"Biz barcha harbiy operasiyalarda maksimal darajada vazminlikka chaqiramiz. Eron yadroviy nazorat organlari bilan bog‘lanishga urinishlar davom etmoqda, ammo hali hech qanday javob olinmadi. Umid qilamizki, bu muhim aloqa kanali imkon qadar tezroq tiklanadi."
U hozirda Eronning biron bir yadroviy inshootiga yetkazilgan zarar yoki maqsadli hujumlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.