Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi “Evro-3” deb atalmish Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya ta’sirida Eron-Amerika yadroviy muzokaralarining buzilishiga hissa qo‘shdi.
Bu haqda Tehran Times nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Grossi Amerika tomoniga Tehronning rasmiy pozisiyasini obro‘sizlantirishga qaratilgan buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uzatgan.
Shu fonda Eron va AQSh o‘rtasida 3 may kuni Rimda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan muzokaralarning to‘rtinchi raundi qoldirilgani ma’lum bo‘ldi.