Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Greta Tunberg Londonda hibsga olindi

Greta Tunberg Londonda hibsga olindi

Greta Tunberg Falastin tarafdori bo‘lgan faollarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Londonda hibsga olindi, deb yozmoqda OAV.

Xabarlarga ko‘ra, 23 dekabr kuni shvesiyalik faol Greta Tunberg London markazida Falastin tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlash aksiyasida ishtirok etayotgan vaqtida hibsga olingan.

Namoyish A City of London osmono‘par binosi oldida bo‘lib o‘tdi. Polisiya binoni bo‘yoq bilan bo‘yab tashlagan aksiyaning ikki ishtirokchisini hibsga olgan. Shuningdek, polisiyaning ta’kidlashicha, Greta Tunberg 2000 yildagi Terrorizm to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasini buzgan.

"Falastin uchun mahbuslar" (Prisoners of Palestine) guruhi Tunbergning Palestine Action harakatini qo‘llab-quvvatlovchi plakat ko‘tarib tushgan videosini e’lon qildi.

AFP xabariga ko‘ra, faolning plakatida shunday so‘zlar yozilgan: "Men Falastin harakati guruhidagi mahbuslarni qo‘llab-quvvatlayman. Men genosidga qarshiman."

Shu yilning boshida Buyuk Britaniya hukumati Palestine Action harakatini terrorchi tashkilot deb tan olgan edi.

Kiritildi: 22:06 23.12.2025. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!