Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Gresiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda

Gresiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda

Gresiyada o‘rmon yong‘inlarini jilovlab bo‘lmayapti. O‘tgan yakshanba kuni mamlakatda 53 ta o‘rmon yong‘ini o‘chog‘i aniqlandi.

Peloponnesning shimoli-g‘arbida Elida viloyatida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga 195 nafar o‘t o‘chiruvchi, yettita guruh va 48 ta maxsus texnika jalb qilingan, deb xabar tarqatdi Gresiya yong‘inga qarshi kurash xizmati.

Xabarda aytilishicha, yong‘in yakshanba kuni Axaya shahri yaqinida boshlangan. Turarjoylar tabiiy ofat o‘chog‘iga yaqin bo‘lgani uchun to‘rtta qishloqning aholisi xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Qorong‘i tushgandan keyin yong‘inni o‘chirishga oltita samolyot va beshta vertolyot jalb qilingani aytilmoqda.

Prognoz xaritasiga ko‘ra, ushbu mintaqa juda yuqori xavf toifasiga kiritilgan.

Kiritildi: 13:23 04.07.2022. O'qildi: 1989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!