Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Gresiya va Ukraina AQSh gazi bo‘yicha yangi hamkorlikni boshladi

Gresiya va Ukraina AQSh gazi bo‘yicha yangi hamkorlikni boshladi

Gresiya va Ukraina gaz kompaniyalari Gresiya bosh vaziri qarorgohida 2025 yil dekabridan 2026 yil martigacha Kiyevga AQSh suyultirilgan gazini yetkazib berish niyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Translyasiya Gresiyaning ERT-news telekanali tomonidan olib borildi.

Niyat memorandumi Afinada tashrif bilan bo‘lib turgan Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy, Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakis va AQShning Gresiyadagi elchisi Kimberli Gilfoyl ishtirokida imzolandi.

Proto Thema gazetasining yozishicha, "Gresiyaning DEPA Trading va Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyasi o‘rtasida 2025 yil dekabridan 2026 yil martigacha Ukrainaga AQSh suyultirilgan gazini yetkazib berish bo‘yicha niyatlar to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi mintaqaviy va Yevropa energetika xavfsizligi va barqarorligiga muhim hissa qo‘shadi, shuningdek, qiyin qish sharoitida Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi."

Qayd etilishicha, Gresiya energetika infratuzilmasi "Vertikal yo‘lak" orqali tabiiy gazni barqaror yetkazib berishni ta’minlaydi.

Kiritildi: 22:46 16.11.2025. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!