Gresiya o‘zining mudofaa siyosatida tarixiy qadam tashladi. Ilgari faqat professional xizmat va harbiy akademiyalar orqali armiyada xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ayollar birinchi marta ixtiyoriy harbiy xizmat dasturi doirasida qurolli kuchlarga qo‘shila boshladilar.
Gresiya o‘z armiyasiga ilk bor 72 nafar ko‘ngilli ayolni xizmatga qabul qildi. Xizmatga olinganlar 20 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan ayol-qizlardir. Ular erkak harbiy xizmatchilar bilan bir xil sharoitda 12 oy davomida xizmat qiladi.
Ular Gresiya quruqlikdagi qo‘shinlarining turli bo‘linmalariga taqsimlangan.
Hozircha bu tajriba dasturidir. Agar loyiha muvaffaqiyatli o‘tsa, ayollarni armiyaga qabul qilishning keyingi bosqichi 2027-yilda davom ettiriladi.
Xizmatni tugatgandan so‘ng, ishtirokchilar ayrim hollarda 40 yoshga to‘lgunga qadar zaxiradagilar maqomini saqlab qolishlari mumkin.
Ko‘ngillilar uchun bir qator imtiyoz va afzalliklar ko‘zda tutilgan. Xususan, dastur ishtirokchilari davlat xizmatiga kirishda qo‘shimcha ballar olishlari, davrni hisobga olishlari mumkin bo‘ladi.