Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Grenlandiyani "erkinlik shahri"ga aylantirishmoqchi

Grenlandiyani "erkinlik shahri"ga aylantirishmoqchi

AQShning yirik texnologiya kompaniyalari Grenlandiyani "erkinlik shahri"ga aylantirish g‘oyasini ilgari surmoqda. Bu yerda tadbirkorlik faoliyatini minimal darajada davlat tomonidan nazorat qilish orqali innovasion loyihalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Silikon vodiysining texnologiya gigantlari Grenlandiyani sun’iy intellekt, pilotisiz transport vositalari, kosmik texnologiyalar, kichik modulli reaktorlar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llarni rivojlantirish markaziga aylantirishni istayapti. Ushbu g‘oya muhokamasi hali boshlang‘ich bosqichda ekanligi ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, AQSh rahbari Donald Tramp tomonidan AQShning Daniyadagi elchisi lavozimiga tavsiya etilgan tadbirkor Ken Xouri, agar uning nomzodi tasdiqlansa, Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha muzokaralarga rahbarlik qilishi kutilmoqda va u Amerika korporasiyalarining bu tashabbusiga jiddiy yondashmoqda.

Kiritildi: 21:05 10.04.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!