"Gremmi" musiqa mukovotining bu yilgi g‘oliblari aniqlandi. Unda amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift (Midnights) to‘rtinchi marta "Yil albomi" mukofotini qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi. Qolgan asosiy g‘oliblar:
🎼Yil qo‘shig‘i — "What Was I Made For? " («Barbi» filmidan), Billi Aylish;
🎼Yilning eng yaxshi audioyozuvi — "Flowers", Mayli Sayrus;
🎼Eng yaxshi yangi qo‘shiqchi — Viktoriya Mone;
🎼Eng yaxshi pop-duet yoki guruh ijrosi — "Ghost in the Machine", SZA feat. Fibi Bridjers;
🎼Eng yaxshi metal-ijro — "72 Seasons ", Metallica.