Bugun 1 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Green Card anketasini to‘ldirish 2 oktyabrdan boshlanadi

Green Card anketasini to‘ldirish 2 oktyabrdan boshlanadi

AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 2 oktyabrdan boshlanishini ma’lum qildi. Anketa to‘ldirish Toshkent vaqti bilan 2 oktyabr soat 21:00 dan 5 noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.

Har yili AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi doirasida ma’lum miqdorda doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil ichidagi AQShga immigrasiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi. Bunda AQShga immigrasiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq viza miqdori belgilanadi.

Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigrasion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.

2026 yil uchun 55 000 tagacha Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) ajratiladi. DV dasturiga ro‘yxatdan o‘tish bepul, biroq tanlab olingan nomzodlar suhbatga chaqirilganda, rasmiy viza arizasini topshirishdan oldin viza uchun to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 22:20 30.09.2024. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!