Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Green Card 2026 lotereyasida 18 davlat fuqarolari ishtirok eta olmaydi

Green Card 2026 lotereyasida 18 davlat fuqarolari ishtirok eta olmaydi

AQSh Davlat departamenti fuqarolari Green Card DV-2026 lotereyasida qatnasha olmaydigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu davlatlardan so‘nggi besh yil ichida 50 mingdan ortiq fuqaro AQShga ko‘chib kelgan. Shu sababli ular 2026 yilgi Green Card DV-2026 lotereyasida ishtirok etolmaydi.

Ular: Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy (shu jumladan Honkong), Kolumbiya, Dominikana Respublikasi, Salvador, Gaiti, Gonduras, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Venesuela, Vyetnam.

Shuni ta’kidlash kerakki, Xitoy umumiy istisno qilinganiga qaramay, Makao va Tayvanda tug‘ilganlar lotereyada qatnashish huquqini saqlab qoldi.
Bundan tashqari, Davlat departamenti quyidagi Green Card lotereyasini ro‘yxatdan o‘tkazish sanalarini e’lon qildi:
DV-2026 lotereyasiga ro‘yxatdan o‘tish 2024 yil 2 oktyabrdan 2024 yil 5 noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

DV-2026 lotereyasi natijalari 2025 yil 3 maydan e’lon qilinadi.

Kiritildi: 21:10 10.10.2024. O'qildi: 7284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!