Alphabetga tegishli, Google kompaniyasi yanvar oyini xodimlarni qisqartirish bilan boshladi. Kompaniya bir nechta jamoalarda yuzlab xodimlarni ishdan bo‘shatadi, deya xabar berdi Reuters
Internet-giganti seshanba kuni o‘zining reklama savdo jamoasidan yuzlab xodimlarini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi.
O‘tgan hafta Google Voice Assistantdagi yuzlab xodimlarni ishdan bo‘shatishini, Pixel, Nest va Fitbit uchun mas’ul bo‘lgan jamoalardagi xodimlarni qisqartirishini va kengaytirilgan reallik jamoasidagi ko‘pchilikni ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Qisqartirish markaziy muhandislik guruhiga ham ta’sir qiladi.
Shuningdek, Amazon.com o‘tgan hafta bir necha yuzlab striming va studiya xodimlarini, shuningdek, Twitch platformasining 500 nafar ishchilarini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi.
2023 yil yanvar oyida Alphabet 12 ming ish o‘rnini qisqartirish rejasini e’lon qildi.