Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Google Microsoft ustidan Yevropa komissiyasiga shikoyat qildi

Google Microsoft  ustidan Yevropa komissiyasiga shikoyat qildi

Google kompaniyasi Microsoft korporasiyasi ustidan monopoliyaga qarshi shikoyat bilan YEvrokomissiyaga murojaat qildi.

Google Microsoft'ni mijozlarni Azure bulutli platformasiga qulflash va ularni muqobillarga osonlik bilan o‘tish imkoniyatini rad etish uchun Windows dasturidan foydalanganlikda ayblaydi.

Google ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft mijozlarni Azure'dan foydalanishga majburlash va ularni o‘z ekotizimiga qulflash uchun bozor kuchi va cheklovchi lisenziyalash shartlaridan foydalanmoqda.

Shikoyatga ko‘ra, adolatli raqobatga yo‘l qo‘yish o‘rniga, Microsoft boshqa bulutli provayderlarni tanlagan mijozlarni jazolash uchun Windows serverlaridagi bozor kuchidan foydalanmoqda.

Windows qisqa vaqt ichida bulutli hisoblash sanoatida sezilarli o‘sishga erishdi. Google ushbu sektordagi tahlilchilarning umidlarini qondira olmadi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bu Google tomonidan Yevrokomissiyaga yuborilgan birinchi shikoyatdir.

Kiritildi: 19:12 26.09.2024. O'qildi: 2190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!