Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Google logotipini yangiladi — sun’iy intellekt ta’siri sezilyaptimi?

Google logotipini yangiladi — sun’iy intellekt ta’siri sezilyaptimi?

Google kompaniyasi so‘nggi o‘n yil ichida ilk bor o‘z logotipini yangilashga qaror qildi. Meduza’ning xabar berishicha, logotipdagi ilgari yorqin bo‘lgan ranglar endi xira va o‘zaro uyg‘unlashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Qizil sariqka, sariq yashilga, yashil esa ko‘kka sekinlik bilan o‘tadi — bu o‘zgarish avvalgi qat’iy chegaralangan ranglardan keskin farq qiladi.

Yangi logotipning ko‘rinishi Google’ning sun’iy intellekt chatboti Gemini logotipiga o‘xshashligi bilan diqqatga sazovor. Hozircha kompaniya tomonidan bu yangilanish rasman e’lon qilinmadi, biroq 11 maydan boshlab iOS foydalanuvchilari, 12 maydan esa Androiddagi iste’molchilar uni qo‘llab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Google logotipi oxirgi marta 2015 yili o‘zgargan edi. O‘shanda kichik “g” harfi katta “G” harfiga almashtirilgan va shriftda ham sezilarli o‘zgarishlar qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 17:09. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!