Gonkong rahbari o‘tgan hafta 151 kishining umriga zomin bo‘lgan xonadon yong‘ini yuzasidan sudya rahbarligidagi mustaqil qo‘mita tuzishni buyurdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu — shahardagi so‘nggi o‘n yilliklarda eng yirik yong‘in.
Rasmiylar aytishicha, yong‘in bino tashqarisidagi rusumga javob bermaydigan moslama-torlar va o‘rov materiallari orqali jadallashib ketgan. Ular yong‘inga chidamli bo‘lmagani sababli, alanga qisqa vaqt ichida barcha qavatlarga tarqalgan.