Gonduras sohillariga yopirilgan «Sara» tropik bo‘roni halokatli suv toshqinlarini keltirib chiqardi, deb xabar berdi The Washington Post.
20 mingdan ortiq gonduraslik vayronkor tabiiy ofatdan jabrlandi. Yong‘in xizmati odamlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirmoqda.
«Sara» Gvatemala va Nikaraguaga ham daxl qilishi kutilmoqda. Prognozga ko‘ra, bo‘ron 17 noyabr sanasida Beliz sohillariga qadar yetib boradi, so‘ngra Meksikaning Yukatan yarimorolida kuchini yo‘qotib to‘xtaydi.