Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Gondurasda avtobuslar to‘qnashuvi tufayli 19 kishi nobud bo‘ldi

Gondurasda avtobuslar to‘qnashuvi tufayli 19 kishi nobud bo‘ldi

Markaziy Amerikadagi davlat – Gondurasda ikki yo‘lovchi avtobus to‘qnashib ketdi. Natijada kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy matbuotga tayanib, “Anadolu” xabar tarqatgan.

Mamlakat g‘arbidagi San-Xuan-de-Opoa muzofotida baxtsiz hodisa keltirib chiqargan mashinalardan birida noqonuniy muhojirlar bo‘lganini e’lon qilgan polisiya yo‘l-transport hodisasi sababini o‘rganmoqda.

Gonduras Prezidenti Siomara Kastro xonim ijtimoiy tarmoqda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: 14:29 29.02.2024. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!