Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Goma shahrida kamida 700 nafar aholi halok bo‘ldi, hukumat kuchlari va isyonchilar o‘rtasidagi janglarda 2,8 ming kishi yaralandi.
Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va uning hamkorlari KXDR hukumati bilan birgalikda 26-30 yanvar kunlari baholash o‘tkazdi va 700 kishi halok bo‘lgani va 2800 kishi jarohatlanganini aniqladi”, — deyiladi bayonotda.
Dyujarrik bu ko‘rsatkichlar oshishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.