Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

«G‘olib allaqachon aniqlangan». «Bavariya» ustozi «Oltin to‘p» haqida gapirdi

«G‘olib allaqachon aniqlangan». «Bavariya» ustozi «Oltin to‘p» haqida gapirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa futbolchilari Xarri Keyn va Maykl Olisening «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«G‘olib allaqachon aniqlangan, shuning uchun mening so‘zlarim hech narsani o‘zgartirmaydi.

Uzr, lekin men har kuni «Oltin to‘p» haqida o‘ylamayman. Hozir meni faqat «Augsburg» qiziqtirmoqda.

Biroq mukofot «Bavariya» futbolchilaridan biriga nasib etishidan umidvorman», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

«Oltin to‘p» mukofoti uchun ovoz berish jarayoni allaqachon yakunlangan. G‘olib 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

Germaniya Bundesligasining beshinchi turidan o‘rin olgan «Augsburg» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuv 10 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:00 09.10.2026. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!