Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Goal portali APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

Goal portali APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi

Goal portali mutaxassislari yakunlangan Angliya Premyer-ligasi mavsumining eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh joy oldi. U chempionatning eng yaxshi assistenti bo‘ldi va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bu yangi rekord hisoblanadi – avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich (20 ta assist) Tyerri Anri va Kevin de Bryoynega tegishli edi.

Ikkinchi o‘rinda Angliya chempioni Deklan Rays qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni yana bir «Arsenal» vakili – himoyachi Gabriel yakunlab berdi.

Top-10 futbolchi:

  1. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»)

  2. Deklan Rays («Arsenal»)

  3. Gabriel («Arsenal»)

  4. Erling Xoland («Manchester Siti»)

  5. David Rayya («Arsenal»)

  6. Igor Tyago

  7. Rayan Sherki

  8. Antuan Semenyo

  9. Niko O’Rayli

  10. Morgan Gibbs-Uayt

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 2004 yildan buyon ilk bor Angliya chempioniga aylandi.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!