Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi jazo choralari kuchaytirildi

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi jazo choralari kuchaytirildi

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning ustuvor maqsadlariga erishish, giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali aholini, birinchi navbatda, yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra:

  • Narkojinoiy uyushma tashkil etish, internet orqali o‘tkazish, narkolaboratoriya tuzish va mansabdor shaxs homiylik qilish kabi qilmishlar uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
  • Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan har qanday narkojinoyat javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qayd etiladi.
  • Giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda o‘tkazish va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ta’lim tashkilotlarida muomalaga kiritish kabi qilmishlar uchun jazo ikki baravargacha og‘irlashtiriladi.
  • Ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibi joriy etiladi.
  • Prekursorlar (giyohvandlik vositalari tayyorlanadigan kimyoviy moddalar) aylanmasi ustidan qat’iy davlat nazorati o‘rnatiladi, ro‘yxati kengaytiriladi.
Kiritildi: Bugun 15:16. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!