Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Gitler tug‘ilgan uy polisiya bo‘limiga aylantiriladi

Gitler tug‘ilgan uy polisiya bo‘limiga aylantiriladi

Uchinchi Reyx yetakchisi Adolf Gitler tug‘ilgan Braunau-am-Inn shahridagi uyni qayta qurish bo‘yicha tenderda Avstriyaning “Marte.Marte” arxitektura byurosi g‘olib chiqdi.

Bu haqda Avstriya Ichki ishlar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Polisiya bo‘limi sifatida ishni boshlaydigan binoni rekonstruksiya qilish 2022 yilga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha 5 million yevroga tushadi.

«Binoning sobiq egasi 812 ming evro miqdorida tovon puli oldi. Ichki ishlar vazirligi uyni huquq-tartibot idoralari ehtiyojlari uchun ishlatilishi bu bino hech qachon Milliy sotsializmni eslatmasligini ko‘rsatib berishini ta’kidlamoqda», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ilgari ushbu uch qavatli binoda kutubxona, so‘ng bank filiali hamda maktab, 1977 yildan keyin esa nogironlar uchun ustaxonalaru boshpana bo‘lgan.

Kiritildi: 21:05 02.06.2020. O'qildi: 2576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!