Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

G‘ijduvonda soxta 200 ming so‘mlik pullar chiqargan yigitlar ushlandi

A A A
G‘ijduvonda soxta 200 ming so‘mlik pullar chiqargan yigitlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln. so‘m qalbaki pullarni 160 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlangan.

Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do‘koni binosi ko‘zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so‘mlik, 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona oq qog‘ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Kiritildi: 16:45 25.09.2023. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!