Stern nashrining Ukraina Qurolli kuchlari ichki hisobotiga tayanib yozishicha, gap 2026 yil 1 aprel kuni mamlakat g‘arbidagi sanoat ob’ektiga "Geran" dronlari orqali qilingan hujum haqida ketmoqda.
Ob’ekt sakkizta 35-mm zenit qurilmasi, ikkita Radiolokasion stansiya va ikkita qo‘mondonlik punktidan iborat ikkita Skynex batareyasi bilan himoya qilingan edi.
Hisobotga ko‘ra, bir necha daqiqa ichida sakkizta zenit qurilmasidan uchtasi ishdan chiqqan. Bunga gidravlik tizimdagi nosozliklar, kuzatuv radarining buzilishi va o‘qlash mexanizmining tiqilib qolishi sabab bo‘lgan.
Oqibatda faqat ikkita qurilma havo nishonlarini barqaror kuzatib bora olgan. Ukraina harbiylari Rheinmetall kompaniyasi ishlab chiqargan mazkur majmua jangovar qo‘llanishga tayyor emasligi va "o‘ta ishonchsiz" ishlagani xulosasiga kelgan.
Hisobotda, shuningdek, Skynex’ning real ko‘rsatkichlari ishlab chiqaruvchi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga mos kelmasligi ta’kidlangan.
Ishlab chiqaruvchi kompaniya esa bu xulosalarni rad etdi. Ular tizimlar "o‘ta samarali va ishonchli" ekanligini bildirib, yuzaga kelgan muammolarni harbiy hisob-kitoblarning xatolari bilan bog‘ladi.