Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyaning razvedka xodimiga qarshi davlat xiyonati ishida sud jarayoni cho‘zilmoqda, yana 75 majlis o‘tishi kerak

Germaniyaning razvedka xodimiga qarshi davlat xiyonati ishida sud jarayoni cho‘zilmoqda, yana 75 majlis o‘tishi kerak

Bu shov-shuvli ishda ikkita ayblanuvchi mavjud – Germaniya Federal Razvedka Xizmati (BND) xodimi Karsten L, va possiyalik tadbirkor Artur E.

Ayblovga ko‘ra, 2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlagach, ular Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ga maxfiy hujjatlar va ma’lumotlarni yetkazgan. Buning uchun ularga xizmat xaqqi sifatida 450 ming va 400 ming yevro to‘langan. Hozirda ikkala ayblanuvchi ham tergov izolyatorida.

Ayiblanuvchilarning sud jarayonlari qattiq qo‘riqlangan holda 2023 yilning dekabr oyida boshlangan va iyul oyida yakunlanishi kerak edi. Biroq sud jarayoni dastlab dekabr o‘rtalariga, keyin esa 2026 yilning yanvar oyigacha uzaytirilgan. Sud allaqachon 57 majlis o‘tkazdi va 45 guvohning ko‘rsatmalarini tingladi.

Ba’zi ko‘rsatmalar maxfiyligi tufayli yopiq rejimda berilgan. Sud vakilining aytishicha, jarayonning dinamikasi sababli, yana qancha guvoh chaqirilishini oldindan aytish mumkin emas.

Kiritildi: Bugun 15:44. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!