Yong‘in xavfsizligi xizmati vakilining ma’lum qilishicha, hodisa joyidagi vaziyat barqaror, biroq yong‘inni to‘liq o‘chirish ishlari seshanba kuni tushgacha davom etadi. Polisiya esa yong‘in sabablarini tekshiruvchi tergovchilar ishni o‘t o‘chirish yakunlagach boshlashlarini bildirdi.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, kecha Vedel hududidagi omborxonada avtomobil yonib ketgan, so‘ng olov ombor ichiga tarqalgan. Kechgacha omborda gaz ballonlari ketma-ket portlab turgan. Yong‘in yaqin atrofdagi binolarga ham tarqalgan.
Yong‘in oqibatida besh kishi jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda, yana bir kishi esa jiddiy tan jarohatlari olgan. Xavfli hududdan 25 kishi evakuasiya qilingan.