Nashrning xabar berishicha, pichoq va yashirin tig‘li hassa bilan qurollangan jinoyatchi Cutie nomli barning kirish qismida tartibsiz ravishda odamlarga zarba bera boshlagan.
Guvohlar hujumchini yerga yiqitishga va unga bir necha zarba berishga muvaffaq bo‘lishgan, ammo u ularning qo‘lidan chiqib, jinoyat joyidan qochib ketishga erishgan. Polisiya terakt ehtimolini ham istisno qilmayapti.
"Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar yarador og‘ir ahvolda. Jabrlanganlarning barchasi 23-27 yoshli yigitlar. Boshqa qurbonlar ham bo‘lishi mumkin", - deb aytdi polisiya vakili Zonyu Remmert.