Germaniyaning Gardelegen shahridagi harbiy o‘quv markazi hududida velosipedda ketayotgan rossiyalik qo‘lga olindi.
Bu haqda Business Insider'ga tayanib, "RIA Novosti" yozmoqda.
"Shaxsiy ma’lumotlar aniqlanganda, erkakning Rossiya fuqaroligi borligi ma’lum bo‘ldi. U tasodifan hududga tushib qolganini aytdi", — deyiladi materialda.
Ta’kidlanishicha, markaz hududi o‘ralgan emas, balki to‘siqlar va ogohlantiruvchi belgilar bilan o‘rnatilgan.
Erkak ozod qilindi. Biroq, Germaniya qurolli kuchlari bu josuslikka urinish bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.