Germaniya shaharlar va munisipalitetlar federasiyasi shunday taklif bilan chiqdi, deya xabar bermoqda nemis matbuoti.
Loyihani Yevropa Ittifoqi, federal hukumat yoki idoraviy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilmoqda. Yolg‘izlikka qarshi jamoat joylari, xususan kutubxonalar va kattalar uchun ta’lim markazlari orqali samarali kurashish mumkin. Bunday maskanlar butun umr davomida bilim olish va o‘zaro muloqot qilish joyi bo‘lib xizmat qiladi.
Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, har to‘rtinchi fuqaro o‘zini yolg‘iz his qiladi. Bu nafaqat keksalar, balki yoshlar orasida ham keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, surunkali yolg‘izlik yurak-qon tomir kasalliklari va depressiya xavfini oshiradi.