Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniyada ukrainalik ayol va uning chaqalog‘ini o‘ldirgan 16 yoshli yigit hibsga olindi

Germaniyada ukrainalik ayol va uning chaqalog‘ini o‘ldirgan 16 yoshli yigit hibsga olindi

Germaniyaning Essen shahri prokuraturasi xabariga ko‘ra, 16 yoshli ukrainalik yigit hamyurti — 32 yoshli ayol va uning bir yarim yoshli qizini o‘ldirganini tan oldi va hibsga olindi.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, jinoyat yakshanba kuni Dorsten shahrining Xolsterxauzen tumanida sodir etilgan. O‘sha kuni 32 yoshli ukrainalik ayol va uning chaqaloq qizining jasadlari topilgan.

Kechki paytda hodisa joyiga yana bir ukrainalik — 16 yoshli yigit kelib, o‘z qilmishiga aloqadorligini tan olgan. Shu zahoti u hibsga olingan.

Hozirda jinoyat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, boshqa ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Kiritildi: 21:45 30.06.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!