Germaniyaning Tyuringiya federal shtatida joylashgan Gera shahrida noma’lum shaxs tramvayda ayolning ustiga yonuvchi suyuqlik quyib, uni yoqib yubordi va qochib ketdi. Jabrlanuvchi jiddiy jarohatlar oldi.
Bu haqda polisiyaning dastlabki ma’lumotlariga tayanib N-TV telekanali xabar bermoqda.
- Gerada bir notanish ayolga yonuvchi suyuqlik sepib, uni yoqib yubordi. Ayol jiddiy jarohat olgan, voqea joyiga qutqaruv vertolyoti yuborilgan. Jinoyatchi qochib ketdi" - deyiladi bayonotda.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda Germaniya huquq-tartibot idoralari jinoyatning kelib chiqishi haqida hech narsa deya olmaydi. Hodisa guvohlari so‘roq qilinib, dalillar qidirilmoqda. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda boshqa hech kim jabrlanmagan.