Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Germaniyada ko‘mir elektr stansiyasi qaytadan ishga tushdi

Germaniyada ko‘mir elektr stansiyasi qaytadan ishga tushdi

Bunday qaror qabul qilinishiga butun mamlakat bo‘ylab yuzaga kelayotgan energiya taqchilligi bilan bog‘liq muammo sabab bo‘ldi.

Germaniyaning Quyi Sakson hududi Xoenxameln shahrida joylashgan Merum IEM (Kraftwerk Mehrum) birinchi zaxira ko‘mir elektr stansiyasi yaqin kunlarda qayta ishga tushadi. Bu haqda Germaniya matbuot agentligi – “dpa” xabar berdi.

Merum hozircha qayta ishga tushirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan yagona tosh ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr markazidir.

Joriy yil 14 iyuldan boshlab Germaniyada zaxira energiya tizimi, deb ataluvchi ko‘mir va mazut elektr stansiyalarini ishga tushirishga yana ruxsat berildi. Bunday qaror energiya inqirozi tahdidi tufayli tabiiy gazni tejash maqsadida qabul qilingan vaqtinchalik xususiyatga ega chora hisoblanadi.

Kiritildi: 21:14 01.08.2022. O'qildi: 5155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!