Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada jamoat joylarida pichoq olib yurish taqiqlanadi

Germaniyada jamoat joylarida pichoq olib yurish taqiqlanadi

Zolingenda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng Germaniyada jamoat joylarida pichoq olib yurish taqiqlanadi.

Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ma’lum qildi.

Fezer, shuningdek, mamlakatda noqonuniy migrasiya ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qator choralar ko‘rilishini bildirdi.

"Festivallarda, sport tadbirlarida va shunga o‘xshash yig‘ilishlarda sovuq qurollarga joy yo‘q, shuning uchun pichoq taqiqlanadi. Aktyorlar va oshpazlar kabi professional sabablarga ko‘ra pichoqlardan foydalanishga ehtiyoji bo‘lganlar uchun istisnolar qilinadi", — deya aniqlik kiritdi Germaniya Ichki ishlar vaziri.

Kiritildi: 12:05 30.08.2024. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!