Germaniyada chaqiruv yoshidagi ayrim ukrainalik erkaklar endi vaqtinchalik himoya maqomini ololmaydi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, cheklov 23 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan va harbiy xizmatdan rasman ozod etilmagan ukrainalik erkaklarga taalluqli.
Shuningdek, Germaniya hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan shaxslar deportasiya qilinishi mumkin.
Yangi tartib Ukraina fuqarolariga vaqtinchalik himoya berish shartlarini yanada qat’iylashtirishni nazarda tutadi.