Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 16 918 ta deportasiya ishi hali federal polisiyaga topshirilmasidan bekor qilingan, yana 675 ta holat esa jarayon davomida to‘xtatilgan.
Bu holatlar ko‘pincha byurokratik sabablar bilan izohlanadi: «o‘tkazish amalga oshirilmadi» yoki «so‘rov bekor qilindi», degan baho bilan.
Natijada, amalga oshirilishi rejalashtirilgan deportasiyalarning qariyb uchdan ikki qismi – 60% dan ortig‘i samarasiz yakunlanmoqda.
Germaniya kansleri Fridrix Mers va undan oldingi rahbarlar deportasiyalar sonini oshirishga va’da bergan edilar, ammo amalda mamlakatning migrasiya tizimi deyarli falaj holatda ekani ko‘rinmoqda.
Muammoning asosiy sababi — panoh so‘rovi rad etilgan shaxslar qarorni bir necha marta — hatto 8 martacha — shikaoyat qilishi mumkinligi. Shu yo‘l bilan ular yillab Germaniyada qolib ketishlari, bu vaqtda esa davlat tomonidan to‘liq ta’minot olishda davom etishlari mumkin.
Bundan tashqari, ma’muriy sudlar va Federal migrasiya idorasining ortiqcha yuklama ostida ishlayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.