Germaniyada 32 yoshli ayol avtobus yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan 19:20 da Shimoliy Reyn-Vestfaliyada sodir bo‘ldi. Avtobus Sigendagi festivalga ketayotgan bo‘lib, bortida 40 kishi bor bo‘lgan. Hujum oqibatida 5 kishi jabrlangan, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.
Polisiya terrorchilik hujumi ehtimolini istisno qilmoqda. Hujumni amalga oshirgan ayol ruhiy kasal bo‘lib, giyohvand modda yoki spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin.