Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniyada 10 yil ichida birinchi marta aholi kamayishi qayd etildi

A A A
Germaniyada 10 yil ichida birinchi marta aholi kamayishi qayd etildi

Germaniya aholisi 2010 yildan beri birinchi marta kamaydi, deb xabar berdi Germaniya Federal statistika agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida mamlakat aholisi soni 40 mingga kamaygan va hozirgi kunda Germaniyada 83,1 million kishi yashaydi.

Federal agentlik mutaxassislari ushbu demografik ko‘rsatkichlarni migrantlar oqimining kamayishi bilan bog‘lashmoqda. Zero, joriy yilning birinchi yarmida ushbu son 29 foizga kamaygan.

Bundan tashqari, Germaniyada tug‘ilish darajasi hali ham past.

“Hozirgacha bu chet el fuqarolarining mamlakatga kirib kelishi bilan qoplanib kelinmoqda”, deya qayd etishmoqda mutaxassislar.

Kiritildi: 21:24 13.10.2020. O'qildi: 2535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!