Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya "yashil energiya" ulushi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Germaniya "yashil energiya" ulushi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Baden-Vyurtemberg Quyosh energiyasi va vodorod tadqiqotlari markazi hamda Germaniya energetika va suv xo‘jaligi assosiasiyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarmida qayta tiklanuvchi energiya manbalari mamlakatda elektr energiyasi iste’molining 58 foizini qopladi.

Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, "yashil energetika"ning asosini shamol va quyosh energiyasi tashkil etadi, biroq gidroenergetika hamda biomassa va chiqindilardan foydalanish ham rivojlanmoqda. Qayta tiklanuvchi manbalardan olingan energiya bilan bozorni ta’minlash bo‘yicha erishilgan ushbu ko‘rsatkich Germaniya uchun rekord natija bo‘ldi.

Taqqoslash uchun, 2025 yilning birinchi yarmida bu ulush 55,2 foizni, 2024 yilning birinchi yarmida esa 57 foizni tashkil etgan edi.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish hali belgilangan maqsadli ko‘rsatkichdan yiroq. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 2030 yilga borib Germaniyada elektr energiyasi iste’molining kamida 80 foizi qayta tiklanuvchi manbalar hissasiga to‘g‘ri kelishi kerak, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:33 02.07.2026. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!