Germaniyaning “Rheinmetall” mudofaa konserni Bundesverga tomiga “Skyranger30” zambarak tizimi o‘rnatilgan “Boxer” zirhli mashinasini taqdim qildi.
– Texnika uchuvchisiz uchish qurilmalariga qarshi kurashda ishlatilishi rejalashtirilgan, o‘zi yurar zenit quroliga ega birinchi zirhli transport vositasi bo‘ladi, – deyilgan kompaniya matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bundesver standartiga muvofiqligini ta’minlash uchun tekshiruv va sinovdan o‘tkaziladigan mashina uzluksiz yetkazib berila boshlashi 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan.