Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Germaniya Xitoyga nisbatan savdo siyosatini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda

Germaniya Xitoyga nisbatan savdo siyosatini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda

Germaniya hukumati Xitoyga nisbatan savdo siyosatini, jumladan, energiya, xomashyo importi va Germaniyaning muhim infratuzilmasiga Xitoy sarmoyasini qayta ko‘rib chiqish va parlamentga hisobot beradigan ekspert qo‘mitasini tashkil etish niyatida.

Bu haqda G‘arb OAVlari xabar bermoqda.

Bu harakat dunyoning ikkinchi va uchinchi yirik iqtisodiyotlari o‘rtasidagi savdo ziddiyatlarining kuchayishi bilan bog‘liq. Kansler Fridrix Mers boshchiligidagi konservatorlar va ularning koalisiyadagi hamkorlari sosial-demokratlar tomonidan tayyorlangan hujjatga ko‘ra, qo‘mita “Germaniya va Xitoy o‘rtasidagi milliy xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan savdo aloqalarini” tahlil qiladi va hukumatga tavsiyalar beradi.

Tashabbus kelasi juma kuni ma’qullanishi kutilmoqda, shundan so‘ng tarkibiga taxminan 12 ekspert - akademiklar, sanoat vakillari, kasaba uyushmalari va tahlil markazlari kiradi - qo‘mita o‘z ishini boshlaydi.

O‘nlab yillar davomida Germaniya Xitoyni nemis sanoatining gullab-yashnashiga yordam bergan ochiq global savdo tizimini himoya qilishda tabiiy ittifoqchi sifatida qaradi. Biroq so‘nggi voqealar, xususan, Xitoyning avtomobilsozlik sohasini xavf ostiga qo‘ygan noyob tuproq metallari eksportiga cheklovlar qo‘yishi Berlinni avvalgi yondashuvini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

Qo‘mita parlamentga yiliga ikkita hisobot taqdim etadi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!