Germaniya, Avstriya, Shvesiya, Finlyandiya, Niderlandiya va Daniya Yevropa Komissiyasi tomonidan 2028–2034 yillarga taklif qilingan Yevropa Ittifoqi byudjetini bir necha yuz milliard yevroga qisqartirishni talab qildi. Olti davlatning qo‘shma pozisiyasida aytilishicha, qariyb 2 trillion yevrolik byudjet loyihasi YEI mamlakatlarining o‘zlarida davlat xarajatlari qisqarayotgan bir paytda haddan tashqari katta.
«Komissiya taklifini bir necha yuz milliard yevroga qisqartirish kerak. Byudjetning barcha yo‘nalishlari tejamkorlikka o‘z hissasini qo‘shishi lozim», — deyiladi hukumatlar bayonotida.
Evropa Komissiyasi qariyb 2 trillion yevrolik byudjetni taklif qilmoqda. Bu YEIning umumiy yalpi milliy daromadining taxminan 1,26 foiziga teng. Berlin avval byudjetni taxminan 400 milliard yevroga qisqartirish mumkinligini bildirgan edi.
Shu bilan birga, olti davlat barcha xarajatlarni bir xil miqdorda qisqartirishni taklif qilmayapti. Ular mudofaa, raqobatbardoshlik, innovasiyalar va migrasiyaga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishni, an’anaviy xarajatlarning ayrim turlarini, jumladan qishloq xo‘jaligi va mintaqaviy dasturlarga ajratiladigan mablag‘larni qisqartirishni xohlamoqda.
EIning oktyabr oyidagi sammiti oldidan muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirmoqda. Ko‘p yillik byudjetni tasdiqlash uchun YEIning barcha 27 davlati roziligi talab qilinadi. Shuning uchun byudjetga sof hissa qo‘shuvchi olti yirik davlatning pozisiyasi ularga hozirgi variantni bloklash imkonini beradi.