Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Germaniya va Vengriya Ukraina yuzasidan janjallashdi”,- Politico

“Germaniya va Vengriya Ukraina yuzasidan janjallashdi”,- Politico

Bryusselda tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi chog‘ida “Germaniya va Vengriya Ukraina yuzasidan janjallashdi”, deb yozadi Politico.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok vengriyalik hamkasbi Peter Siyyartoni Kiyevga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni ma’qullamagani uchun tanqid qildi, dedi nashr sharhlovchisi to‘rt diplomatga tayanib.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, Vengriya OTR banki haqidagi ba’zi "aniqlanmagan ma’lumotlar" ni keltirib, uni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi.

Vengriya Kiyev OTRni “urush homiylari” ro‘yxatidan olib tashlamaguncha, Yevropa Ittifoqining Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordamini ma’qullashdan bosh tortdi.

Diplomatlar, shuningdek, kelishmovchiliklar tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 13:00 23.05.2023. O'qildi: 3102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!