Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya va Fransiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqida «cheklangan a’zolik» taklif qilmoqda

Germaniya va Fransiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqida «cheklangan a’zolik» taklif qilmoqda

Berlin va Parij Kiyevning Ittifoqqa to‘laqonli a’zo bo‘lguniga qadar Yevropa Ittifoqi byudjetidan foydalanishi hamda yig‘ilishlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishiga qarshi chiqmoqda.

Financial Times nashrining yozishicha, Germaniya Ukrainaga «assosiasiyalashgan a’zo» maqomini taklif qilmoqda — bunda Ukraina vakillari vazirlar va davlat rahbarlarining uchrashuvlarida ishtirok etishlari mumkin, biroq qarorlarga ta’sir o‘tkazish va Yevropa mablag‘lariga da’vo qilish huquqiga ega bo‘lmaydilar.

Fransiyada bunday oraliq variant «integrasiyalashgan davlat maqomi» deb atalmoqda va ular ham Ukrainaning yakuniy qabulga qadar YEIning qishloq xo‘jaligi dasturlarida hamda moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etishini istisno qilmoqdalar.

Shu bilan birga, Berlin va Parij hatto bunday cheklangan a’zolik ham Kiyev uchun muhim ramziy ma’noga ega bo‘lishini tan olmoqda. Shuningdek, Germaniya o‘zaro mudofaa to‘g‘risidagi bandni kiritishga ham ijozat bermoqda — bu Ukrainaning NATOga a’zolik istiqbollari to‘sib qo‘yilgan bir sharoitda u uchun alohida ahamiyatga ega.

Kiritildi: Bugun 19:14. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!