Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniya o‘z armiyasini Yevropadagi eng kuchli armiyaga aylantirish uchun barcha zarur mablag‘ bilan ta’minlaydi

Germaniya o‘z armiyasini Yevropadagi eng kuchli armiyaga aylantirish uchun barcha zarur mablag‘ bilan ta’minlaydi

Germaniya o‘z armiyasini Yevropadagi eng kuchli armiyaga aylantirish uchun barcha zarur mablag‘ bilan ta’minlaydi.

Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers ma’lum qildi, deya xabar beradi Euractiv.

"Federal hukumat Germaniya armiyasiga umume’tirof etilgan ma’noda Yevropadagi eng kuchli armiyaga aylanishi uchun zarur bo‘lgan barcha moliyaviy resurslarni taqdim etadi," - dedi siyosatchi.

Koalision hukumat "qarz tormozi" deb atalgan, ya’ni byudjetga kelib tushayotgan mablag‘lardan ko‘p sarf qilishni taqiqlovchi cheklovning ta’siridan harbiy xarajatlarning bir qismini chiqarishga imkon beradigan byudjet cheklovlari islohotini allaqachon ma’qullagani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 20:08 14.05.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!