Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya Usmonovni “Dilbar” egasi sifatida tilga olishni rasman taqiqladi

Germaniya Usmonovni “Dilbar” egasi sifatida tilga olishni rasman taqiqladi

"Kommersant" nashrining xabariga ko‘ra, Germaniya sudi, tadbirkor Alisher Usmonovni "Dilbar" nomli lyuks yaxtaning egasi deb atashni rasman taqiqladi.

Ushbu yaxta bilan bog‘liq xabarlarda Usmonovni yagona yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulkdor sifatida tilga olish taqiqlandi. Bu taqiq buzilgan har bir holatda 250 ming yevrogacha jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosi belgilangan.

"Dilbar" — dunyodagi eng yirik shaxsiy yaxtalardan biri bo‘lib, avvalgi yillarda Alisher Usmonov bilan bog‘langan. Ammo Usmonov tomonidan bir necha bor yaxta shaxsan unga tegishli emasligi, balki oila a’zolariga qarashli trastlar orqali boshqarilayotgani ta’kidlangan.

2022 yilda G‘arb sanksiyalaridan so‘ng yaxta Germaniya hududida hibsga olingan.

Kiritildi: 23:03 12.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!