Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Germaniya urush ehtimoli sabab eng yirik avtomobil portini mustahkamlamoqda

Germaniya urush ehtimoli sabab eng yirik avtomobil portini mustahkamlamoqda

Shimoliy dengiz sohilidagi Bremerxafen porti 1,35 milliard yevrolik modernizasiyadan o‘tyapti. Germaniyaning 2026 yilgi byudjetida ko‘zda tutilgan ushbu chora Berlinning ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli harakatlarining bir qismidir, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Evropadagi eng yirik avtomobil portlaridan birini modernizasiya qilishdan maqsad — harbiy texnikalarni tashish imkoniyatini ta’minlash uchun yuk ortish ko‘priklarini kuchaytirishdir.

Agentlikning qayd etishicha, Yevropaga hujum qilingan taqdirda, Germaniya o‘zining joylashuvi va resurslari bilan qo‘shinlarni ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etadi.

Germaniya Qurolli kuchlari BLG Logistics kabi xususiy sektor kompaniyalaridan yordam so‘ramoqda. Biroq, Bundesver tezkor ommaviy mobilizasiya uchun zarur bo‘lgan miqyosdagi davlat-xususiy sheriklikka hali tayyor emas, chunki Ikkinchi jahon urushidan keyin fuqarolik va harbiy tuzilmalar bir-biridan qat’iy ajratilgan edi.

"Biz chindan ham paradigmalar o‘zgarishini anglatuvchi jarayonlarni boshladik", — dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 22 aprel kuni mamlakatning yangi harbiy strategiyasini taqdim etar ekan.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!