Bu haqda agentlik Germaniya Mudofaa vazirligining muxolifatdagi "Chap partiya" so‘roviga bergan javobiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yildan buyon Germaniya hukumati umumiy qiymati 111 mlrd yevro bo‘lgan 47 000 ta qurol sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Shu bilan birga, Germaniya rasmiylari ushbu xaridlarning qanchasi yakunlanganini aniq ayta olmaydilar. Javobdan kelib chiqishicha, barcha loyihalarning avtomatlashtirilgan markazlashtirilgan tahlili imkonsiz, buning uchun bir necha ming sahifani qo‘lda qayta ishlash talab etiladi.
"To‘rt yil ichida taxminan 111 mlrd yevrolik 47 000 dan ortiq mudofaa shartnomalari — bu kuniga 30 tadan ortiq kelishuv demakdir. Shuningdek, vazirlik nechta loyiha haqiqatda yakunlanganini va nimalar haqiqatda qurolli kuchlar ixtiyoriga qabul qilinganini hatto hisoblay olmaydi", — dedi Bundestagning "Chap partiyasi" deputati Ditmar Barch.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Mudofaa vazirligida nazorat va tartib yo‘q, bu esa "milliardlab soliq tushumlari va kredit mablag‘larining kechikkan yoki yaroqsiz loyihalarda yo‘q bo‘lib ketish" xavfini oshiradi.